MUAMMOLI TЕRINI QANDAY PARVARISH QILISH MUMKIN?
Muammoli teri bir vaqtning o‘zida yog‘li va quruq bo‘lishi mumkin, lekin deyarli har doim salbiy atrof-muhit omillariga sezgir va toshmalarga moyil. Bunday turdagi teriga ega ayollar ko‘pincha uy sharoitida parvarish qilishni qanday tashkil qilishni bilishmaydi. Spirtli eritmalardan foydalanish teri yorqinligini faqat vaqtincha yo‘q qiladi, ammo akne (husnbuzar) namoyon bo‘lishini kuchaytirishi mumkin. Muammoli terini qanday qilib to‘g‘ri parvarish qilishni bilmaslik sababli turli xil kosmetik kasalliklar paydo bo‘lishi mumkin, masalan, xusunbuzar, keloid chandiqlari, qora dog‘lar va yuzdagi aniq kengaygan teshiklar.
MUAMMOLI YUZ TЕRISINI PARVARISH QILISHNING O‘ZIGA XOSLIGI
Muammoli teriga professional kosmetik yondashuv kerak. Parvarishlovchi vositalarini juda ehtiyotkorlik bilan tanlash kerak, birinchi navbatda sizning yuzingiz turiga mos keladigan, yuzdagi teshiklarni yopmaydigan, lekin ayni paytda hujayralarni namlik va muhim oziq moddalar bilan to‘yintiradigan tabiiy tarkiblarga ega vositalarga ustunlik berish kerak.
Agar sizning teringiz yog‘li va akne paydo bo‘lishiga moyil bo‘lsa, hech qanday holatda uy sharoitida qora nuqtalarni siqib chiqarmang, chunki ikkilamchi infeksiya xavfi yuqori bo‘lganligi va xunuk chandiqlar hamda yana qayta akne paydo bo‘lish xavfi sababli yog‘li terini parvarish qilish taqiqlanadi. Litsenziya ostida ishlaydigan va o‘z noto‘g‘ri xatti-harakatlari bilan zarar yetkazmaydigan hamda tekshiruvdan o‘tgan kosmetologik kabinetga ega mutaxassis tomonidan tozalash ishlari o‘tkazilgani yaxshiroqdir.
Muammoli terini qanday parvarish qilishni bilmasligingiz mumkin – buning hech qanday tashvishlanadigan joyi yo‘q. Kosmetolog bunday bilimga ega! Akne va husunbuzarlarga qarshi kosmetika vositalarini to‘g‘ri tanlash uchun kosmetologga murojaat qilishingiz kerak bo‘ladi. Unday vositalar ko‘pincha antibiotiklarni o‘z ichiga oladi. Murakkab holatda kosmetolog tabletkalar yoki kapsulalardagi tizimli ta’sir qiluvchi antibiotiklarni tavsiya qiladi.
MUAMMOLI TЕRINI PARVARISHLASH PRINSIPLARI
MUAMMOLI TЕRINI PARVARISHLASH PRINSIPLARI MUAMMOLI TЕRI QUYIDAGI MUOLAJALARGA MUHTOJ:
- Muntazam ravishda yuvish: sovun emas, balki yumshoqroq tozalovchi vositalardan foydalaning, chunki sovun terini juda quritadi, himoya qavati yuvilib ketadi va toshma yanada kuchayadi;
- Skrablar yordamida piling qilish: yog‘li terini tozalovchi aralashmalar bilan haftada bir marta, quruq terini esa oyiga 1-2 marta (nozik teriga mo‘ljallangan mahsulotlardan foydalangan ma’qul) piling qilish kerak bo‘ladi;
- Yiliga 1-2 marta o‘rta va chuqur piling qilish: yuz terisi qanchalik yog‘li bo‘lsa, u teridagi kichik chandiqlar, pigmentli dog‘lar hamda teri yuqori qatlamidagi zararlangan qismlarni yo‘qotish orqali teri tonini tekislaydigan kislotalar bilan terining o‘lgan epidermis qavatining tozalanib turilishiga muhtojdir;
- Terini namlantirish: suv – bu to‘qimalardagi ichki jarayonlarni va terining go‘zalligini saqlash uchun zarur komponent hisoblanadi, shuning uchun yuzingizni muntazam ravishda namlantiring, lekin faqatgina tarkibida alkogol va agressiv kimyoviy komponentlar bo‘lmagan mahsulotlar bilan.
Yaxshi ovqatlanish muammoli terining sog‘lig‘ini saqlashda ham muhim rol o‘ynaydi. Agar tanada yetarli vitamin va mikroelementlar bo‘lmasa, teri bilan bog‘liq jiddiy muammolar paydo bo‘lishi mumkin.
Akne va yog‘ miqdori ko‘payganda oddiy uglevodlarni o‘z ichiga olgan yog‘li ovqatlar va shirinliklarni cheklash kerak, chunki ular yog‘ bezlarining ishini kuchaytiradi va toshmalar sonini ko‘paytirishi mumkin. Volvit preparatida mavjud bo‘lgan biotin – B7 vitaminiga e’tibor bering. Bu vitamin yog‘ bezlarining faoliyatini pasaytiradi, xusunbuzar va mayda toshmalar, seboreya paydo bo‘lishining oldini oladi, teri va uning qo‘shimchalariga (sochlar, tirnoqlar) umumiy shifobaxsh ta’sir ko‘rsatadi.
Volvit vitaminlari sog‘lom ovqatlanish va yuqori sifatli kosmetik parvarish fonida terining sog‘lig‘ini saqlab qoladi va unga salbiy ekologik omillar ta’sirini kamaytiradi.