
VOLVIT KIMGA KЕRAK BO‘LISHI MUMKIN?
TIRNOQLAR
QATLAMLARGA AJRALISHI

TIRNOQ PLASTINASINING
QATLAMLARGA AJRALISHI
Tirnoqlarning qatlamlanishi – bu organizmda nimadir yetishmayotganidan yoki Siz qo‘llaringizga juda ham e’tiborli emasligingizdan xabar beruvchi dastlabki darak.
UNING TUZILISHIDAGI
O‘ZGARISHLAR

TIRNOQ O‘SISHIDAGI YOKI
UNING TUZILISHIDAGI
O‘ZGARISHLAR
Birinchidan, organizmda vitamin va mikroelementlar yetishmasligi mumkin. Bunday muammo ayniqsa organizm kasalliklardan holsizlangan, har kunlik ovqat ratsionida esa yoz va kuzdagiga nisbatan foydali meva hamda sabzavotlar ancha kamaygan qish va bahor oylarida yuz beradi. Ikkinchidan, muntazam kimyoviy ta’sirlar tufayli qo‘l tirnoqlari o‘sishdan to‘xtab qoladi.
SINUVCHANLIGI VA TIRNOQ
PLASTINASINING BOSHQA ANOMALIYALARI

TIRNOQNING O‘TA
SINUVCHANLIGI VA TIRNOQ
PLASTINASINING BOSHQA ANOMALIYALARI
Sinuvchan tirnoqlar – ichki va tashqi omillar ta’siri bilan bog‘liq ravishda tirnoq plastinalari butunligi va mustahkamligining buzilishidir. Sinuvchan tirnoqlar tez-tez sinadi, qatlamlanadi, yoriladi, o‘stirishda hamda dekorativ lokni sifatli surtishda qiyinchilik tug‘diradi.
SOCHLAR

SOCHNING TO‘KILISHI
Soch to‘kilishi aksariyat hollarda bahor oylarida vitaminlar yetishmasligi, gormonal buzilishlar, kontratseptivlarni qabul qilish, bosh terisiga kimyoviy va jismoniy ta’sir ko‘rsatish (sochni bo‘yash, quyosh nurlarining ta’siri va boshqa omillar) natijasida yuz beradi.

SOCHNING OQARISHI
Sochning oqarishi irsiy moyillik yoki turli kasalliklar (simptomatik soch oqarishi), stresslar natijasida sodir bo‘lishi mumkin.

SOCHNING O‘TA INGICHKALIGI
Ingichka sochlar – bu yetarli darajada qalin bo‘lmagan, 0,05 mm (yoki 50 mk)dan kichik diametrli sochlardir. Ingichka sochlar, odatda, haddan ziyod yumshoq bo‘ladi, tez-tez chigallashadi, shaklni tez yo‘qotadi va hajmni saqlamaydi.
SOCH UCHLARI

SINUVCHAN VA GULLOVCHAN
SOCH UCHLARI
Chatnovchan sochlar uchlari tilim-tilim bo‘linib, chatnab turganligi bois shunday ataladi. Ular osongina sinadi, chigallashadi va xira ko‘rinadi. Odatda chatnovchan sochlarning shikastlangan uchlari 2-3 sm.ni tashkil etadi, bundan tashqari ular qolgan sochlarga nisbatan ochiqroq rangga ega bo‘ladi.
YOKI QURUQLIGI

SOCHLARNING O‘TA YOG‘LILIGI
YOKI QURUQLIGI
Yog‘li sochlar – bosh terisi bezlari tomonidan ortiqcha miqdorda teri yog‘i ishlab chiqarilishi natijasida o‘ta yog‘li deb ta’riflanuvchi soch turi.
TERI

MUAMMOLI TERI
Muammoli teri haddan ziyod quruqlik yoki yog‘lilik, husnbuzar toshishi, qon tomir nuqsonlari, pigmentatsiya hamda boshqa kosmetik yetishmovchiliklarga moyildir. Nosog‘lom tus, qizargan joylar, notekis g‘uddali yuza, kengaygan teshikchalar, husnbuzar toshmasi, komedon va hokazolar muammoli teri belgilari hisoblanadi.

YOG’LI TERI
Yog‘li teri yog‘ bezlari ishlab chiqargan teri yog‘larining mo‘lligi bilan xarakterlanadi. Buning natijasida yallig‘lanish va qora nuqtalarni hosil qilish bilan teshikchalar to‘lib qolishi mumkin, yuz notabiiy ravishda yaltiraydigan bo‘lib qoladi.

TЕRINING QURUQLIGI
Quruq teri yuzda tortishishni his qilish, po‘st tashlash, xira tus bilan namoyon bo‘ladi, u qichishishga moyildir. Aslida terining quruqligi hodisasi suv va yog‘ almashishi, teri va yog‘ bezlari funksiyalarining buzilishi, pH reaksiyasi (kislota-ishqor holati) zaifligi bilan xarakterlanadi, u terining muddatidan avval so‘lishiga hamda ajinlar paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin.

TЕRINING SHO‘RALASHI
Yuz terisining sho‘ralashi – faqat quruq teri sohibalarigina duch keluvchi muammo emas. Eng noxush tomoni shundaki, sho‘ralagan joylarni yashirish juda qiyin, chunki har xil tonal vositalar aksariyat hollarda mavjud muammoni yanada bo‘rttirib ko‘rsatadi. Bundan tashqari, ko‘p hollarda terining sho‘ralashi qichishish hamda qizarish bilan kechadi.

ORGANIZMGA QACHON BIOTIN YETISHMAYDI?

TO‘G‘RI YO‘LGA QO‘YILMAGAN
OVQATLANISH

UZOQ MUDDATLI PARHЕZLAR

ICHAKLARDAGI MUAMMOLAR VA
KO‘PLAB BOSHQA VAZIYATLAR

ANTIBIOTIKLARNI UZOQ
MUDDAT QABUL QILISH

TOMIR TORTISHISHIGA QARSHI EPILЕPSIYAGA QARSHI
PRЕPARATLARNI QABUL QILISH

VOLVIT QANDAY ISHLAYDI

TЕRI YOG‘ BALANSINI
TO‘G‘RILAYDI

TIRNOQ VA SOCHLAR O‘SISHINI
YAXSHILAYDI

MODDA ALMASHISH
JARAYONLARINI TEZLASHTIRADI

SOCH YOG’LANISHI SABABINI
BARTARAF ETADI

ZAIFLASHGAN TIRNOQ
PLASTINASINI MUSTAHKAMLAYDI

