VOLVIT HAQIDA
TA’RIFI
TA’SIR ETUVCHI MODDA
BIOTIN
1 TA TABLETKA
5 mg biotin
Biotin (vitamin H, vitamin B7) suvda eruvchan B guruh vitamini hisoblanadi. Organizmda biotin uglevodlar, yog‘lar va oqsillar almashinuvida muhim rol o‘ynaydi va normal hujayra o‘sishi va rivojlanishi uchun juda muhimdir. Yutilganda biotin karboksilaza uchun koenzim bo‘lib xizmat qiladi, insulinga o‘xshash ta’sirga ega va glyukoneogenez jarayonida (glyukokinaza sintezida ishtirok etish tufayli) ishtirok etadi, buning natijasida qonda shakar miqdorini barqarorlashtirishga hissa qo‘shadi, asab tizimining funksiyasini yaxshilaydi.
Biotin B guruh boshqa vitaminlarining, foliy kislotasi, pantotenik kislota, syanokobalin guruhining sinergisti hisoblanadi. Biotinning purin nukleotidlari sintezida qatnashishi haqida ma’lumotlar mavjud. Biotin, shuningdek, protein – kollagen sintezida ishtirok etadigan va shu bilan birga terining tuzilishiga va uning qo‘shimchalari(soch, tirnoq)ga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan oltingugurt manbai hisoblanadi.
KO’RSATMALAR
TIRNOQ KASALLIKLARI
(sinuvchanlik, qatlamlanish, tirnoq o‘sishidagi yoki uning tuzilishidagi buzilishlar).
SOCH KASALLIKLARI
(sochlarning o‘ta ingichkaligi, sinuvchan va chatnovchan sochlar, to‘kilishi, sochlarning o‘ta yog‘liligi yoki quruqligi, oq sochlar)
TERI KASALLIKLARI
(dermatit, yog‘li seboreya, terining quruqligi va po‘st tashlashi)
OSHQOZON-ICHAK YO‘LLARI TOMONIDAN FUNKSIONAL BUZILISHLAR
(jumladan malabsorbsiya sindromi)
BIOTINIDAZA YETISHMOVCHIILIGI
(o‘ta asabiylik va horg‘inlik, seruyqulik, behafsalalik, mushak zaifligi)
RUHIY-EMOTSIONAL BUZILISHLAR
QO’LLASH USULI
QABUL QILISH
Volvit® preparati kattalarga ichish uchun tavsiya qilinadi. Ovqatdan oldin oz miqdordagi suv bilan qabul qilinadi.
DOZALAR
Kuniga 5 mg (1 ta tabletka) doza tavsiya qilinadi. Biotin bilan bog‘liq genetik jihatdan aniqlangan enzimopatiyalar (ko‘p karboksilaza yetishmovchiligi) uchun: kuniga 1-2 martadan 2-4 ta tabletka (kunlik doza 20 mg.gacha biotin) buyuriladi.
DAVOLANISH KURSI
Davolanish kursining davomiyligi kasallikning tabiati va kechish davri va odatda 1 oyni tashkil qiladi.
BOLALAR
Preparat bolalarda foydalanish uchun mo‘ljallanmagan.
QANDAY ISHLAYDI
Organizmda biotin passiv diffuziya orqali ingichka ichakda tez so‘riladi, shundan so‘ng u portal tizimi orqali jigarga va keyinchalik tizimli qon aylanishiga tushadi. Biotinning qon plazma oqsillari bilan bog‘lanish darajasi 80% ni tashkil qiladi. Qondagi erkin yoki zaif bog‘langan biotinning konsentratsiyasi odatda 200 dan 1200 mkg/l.gacha. Biotin gemato-ensefalik va platsenta to‘siqlarini kesib o‘tadi. U organizmda turli metabolitlarni hosil qilish uchun metabollanadi.
Biotin siydik bilan (kuniga 6 dan 50 mkg.gacha) va axlat bilan o‘zgarmagan holda (taxminan 50%), shuningdek, biologik inert mahsulotlar shaklida organizmdan chiqariladi. Yarim yarimparchalanish davri qabul qilingan dozaning hajmiga bog‘liq va tana vazniga 100 mikrogram og‘iz orqali yuborilganidan keyin taxminan 26 soatni tashkil qiladi. Biotinidaz yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda xuddi shu dozadan keyin yarimparchalanish davri 10-14 soatgacha kamayadi.
QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR VA QO‘LLASHNING O‘ZIGA XOSLIGI
QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR
Biotinga yoki preparatning boshqa tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik mavjudligida.
BOSHQA DORI VOSITALARI BILAN O‘ZARO TA’SIRI O‘ZARO TA’SIRNING BOSHQA TURLARI
Biotinni antikonvulsan preparatlar bilan qo‘llashda uning siydik bilan chiqarilishining ko‘payishi tufayli qon plazmasidagi biotin konsentratsiyasi kamaytirish mumkin. Valpik kislota jigarda mitoxondriyalar faoliyatini kamaytirgan holda biotinidazlar faolligini ham pasaytiradi.
Xom tuxum oqida biotin bilan o‘zaro ta’sir qiluvchi avidin oqsili mavjud, shuning uchun ularni bir vaqtning o‘zida qabul qilishdan saqlanish kerak. 2-3 hafta davomida xom tuxumni ko‘p iste’mol qilish biotin tanqisligiga olib kelishi mumkin.
Yuqori dozalardagi pantotenik kislota biotin bilan raqobatlashadi, shuning uchun ularni bir vaqtda qabul qilishdan saqlanish kerak.
QO‘LLASHNING O‘ZIGA XOSLIKLARI
Shifokor tomonidan belgilangan davolanish kursining davomiyligini buzmang. Vaqti-vaqti bilan yoki muddatidan oldin davolanish to‘xtatilganda preparatning ta’siri pasayishi mumkin. Biotinning yaxshi ko‘chuvchanligi tufayli davolanish uzoq vaqt davom etishi mumkin.
YORDAMCHI MODDALAR
Preparat tarkibida Ponceau 4R (E 124) mavjud, shuning uchun u allergik reaksiyalarni keltirib chiqarishi mumkin.
HOMILADORLIK YOKI EMIZIKLIK DAVRDA
Homiladorlik yoki emizish davrida preparatni qo‘llash to‘g‘risida ma’lumotlar yo‘q.
AVTOTRANSPORT YOKI BOSHQA MЕXANIZMLARNI BOSHQARISHDA RЕAKSIYANING TЕZLIGIGA TA’SIR KO‘RSATISHI
Preparatning psixomotor reaksiyalar tezligiga salbiy ta’siri haqida ma’lumotlar yo‘q.
DOZADAN OSHIB KETISH
Hozirgi vaqtda biotin dozasini oshirib yuborish haqida xabarlar yo‘q.
NOJO’YA REAKSIYALAR
Immunitet tizimidan tomonidan: allergik reaksiyalar, shu jumladan, ko‘krak qafasidagi og‘riqlar, nafas qisilishi, krapivnitsa (eshakemi), teri toshmasi.
SAQLASH SHARTLARI VA BOSHQA MA’LUMOTLAR
YAROQLILIK MUDDATI
3 YIL.
SAQLASH SHARTLARI
25ºC dan yuqori bo‘lmagan haroratda va bolalar qo‘li yetmaydigan joyda saqlang
QADOG’I
10 ta tabletka blisterda. 3 ta blister tibbiyotda qoʼllanilishiga doir yoʼriqnomasi bilan birga karton oʼramda.
BERILISH KATEGORIYASI
Retseptsiz
ISHLAB CHIQARUVCHI
KUSUM HEALTHCARE PVT LTD / KUSUM HEALTHCARE PVT LTD.