SOCHLAR GULLASA, NIMA QILISH KЕRAK?

Inson sochlari – bu salomatlik ko‘rsatkichidir: ular birinchi navbatda stressga, vitamin va mikroelementlarning yetishmasligiga, surunkali kasalliklarning kuchayishiga javob beradi. Sochning gullagan uchlari soch turmagiga tartibsiz ko‘rinish beradi, tashqi ko‘rinishini sezilarli darajada buzadi. Lekin eng muhimi – bu soch tolalarining yemirilishi tanadagi buzilishlarning rivojlanishini ko‘rsatishi mumkin va mutaxassis bilan maslahatlashishni talab qiladi. Shuning uchun, agar sochlar gullagan bo‘lsa, faqat tashqi ko‘rinishlarga emas, balki bevosita sababchi omillarga ta’sir qilish uchun muammoning sababini topish kerak.

SOCH UCHLARI GULLASHINING KЕNG TARQALGAN SABABLARI:

Gullagan soch uchlari  – bu asosan ayollar muammosidir. Erkaklar undan kamroq azob chekishadi. Uzunligi yelkalardan pastdagi sochlar gullashga moyil bo‘lib, ularga namlik va ozuqa moddalari yaxshi yetib bormasligi mumkin. Ko‘p ayollar uzoq vaqt davomida sochlarining yomonlashishiga e’tibor bermaydilar, lekin gullagan soch uchlari ko‘payganda, buni sezmaslik deyarli mumkin emas – ular turli tomonlarga ajralib turadi va hatto eng zamonaviy soch turmagini ham buzishi mumkin. Ushbu vaziyatni kechiktirish mumkin emas! Ammo sochlar gullagan bo‘lsa, nima qilish kerak, ularning sog‘lig‘ini qanday tiklash mumkin?

GULLAGAN SOCHLARGA BIRINCHI YORDAM

Agar sochlar gullab, to‘kila boshlasa, darhol harakat qilishingiz kerak. Yondashuv keng qamrovli bo‘lishi kerak. Jiddiy ichki kasalliklar va zamburug‘li kasalliklarning rivojlanish xavfini bartaraf qilish uchun trixologga murojaat qilish tavsiya etiladi. Ko‘pincha soch gullashi salbiy tashqi omillarning ta’siri natijasida, tez-tez bo‘yash va kimyoviy usulda jingalaklash tufayli yuzaga keladi.

Ayniqsa og‘iz kontratseptivlarini qabul qiladigan ko‘pgina ayollarda  vitaminlar va minerallar yetishmasligi kuzatiladi. Ular muntazam ravishda ozuqaviy moddalar zaxiralarini maxsus preparatlar bilan to‘ldirishlari kerak. Turli vositalarni sotib olayotganda, ularning tarkibiga e’tibor bering – u muvozanatli bo‘lishi kerak. Siz B guruhi vitaminlarini, xususan, biotinni alohida qabul qilishingiz mumkin. Aynan u sochlarga kuch va elastiklik beruvchi va ularning faol o‘sishini ta’minlaydigan kollagen sintezida ishtirok etadi.

Agar sochingiz gullab ketayotgan bo‘lsa, tanada aynan shu vitamin yetishmayotgan bo‘lishi mumkin. Uning asosida turli xil moddalar yaratilgan, masalan, tabletka ko‘rinishida chiqariladigan Volvit preparati. Soch tuzilishini tiklash uchun qabul qilish muddati 1 oy bo‘lishi kerak.

ZAIFLASHGAN SOCHLAR QUYIDAGI ALOHIDA PARVARISHLASH  USULLARIGA MUHTOJ:

SOCHLAR GULLASA, ULARNI QANDAY O‘STIRISH MUMKIN?

Gullagan soch uchlari nosog‘lom hisoblanib, bu ularning o‘sishida namoyon bo‘ladi. Qoida tariqasida, oziqlantiruvchi moddalarining yetishmasligi, soch follikulalarida qon aylanishining yomonlashishi va salbiy atrof-muhit omillarining ta’siri tufayli ular sekin o‘sadi. Sochlarning faol o‘sishini ta’minlash uchun ham xalq tabobati, ham an’anaviy tibbiyot yutuqlaridan foydalanish kerak, chunki agar soch parvarishi faqat bitta tanlangan usul bilan chegaralangan bo‘lsa, sochlar gullab ketgan paytda ularni qayta o‘stirish oson bo‘lmaydi.

Boshning soch bilan qoplangan qismida qon aylanishi qanchalik faol bo‘lsa, sochlar shunchalik yaxshi oziqlanadi va tezroq o‘sadi. Shuning uchun, agar sochlar gullab(yorilib), to‘kilishni boshlasa, sochlarni massaj qiling. B guruhi vitaminlariga boy bo‘lgan namlangan(shimdirilgan) nonli niqoblari yaxshi natija beradi. B7 vitaminiga (biotin) alohida e’tibor bering, chunki terining va uning qo‘shimchalari – tirnoq va sochlarning o‘sishi, go‘zalligi uchun javobgardir.

Sochlarning sog‘lig‘i uchun kurashga kirishganda darhol tezkor natijalarni kutish yaramaydi. Soch uchlari gullashining asosiy sabablarini bartaraf etishga harakat qiling va davolanish kurslarida “go‘zallik vitaminlari” ni qabul qilishni unutmang. Volvit preparati tarkibida keng tarqalgan soch muammolari uchun tavsiya etilgan biotin mavjud.