preloader logo

Задать вопрос

Вопрос отправлен!

Спасибо! Ваш вопрос очень важен для нас, в скором времени он появится на сайте.

Savollarga javoblar

Volvit vitaminlarini qancha muddat qabul qilish mumkin?
Preparatni uzoq muddat qabul qilish mumkin, uzluksiz 1 kurs davolanish o‘rtacha 1 oyni tashkil qiladi. Biotin almashinuvi qattiq buzilgan holatida mutaxassis Volvitni umr mobaynida ichishni tavsiya qilishi mumkin (biotin dozalarni yetishmovchiligiga qarang).
Volvit gormonal preparatmi yoki yo‘q?
Volvit gormonal preparat hisoblanmaydi. Volvit tarkibiga kiruvchi Biotin suvda eruvchan vitamin hisoblanadi, shuning uchun ham ko‘p miqdorda qabul qilish dozani oshirib yuborishga olib kelmaydi. Lekin, preparatning xavfsizligiga qaramay, uni qabul qilishdan avval berilgan qo‘llanma bilan tanishib chiqing va preparat Sizga qanchalik mos kelishini mutaxassis bilan maslahatlashing.
Volvit preparati qanchalik xavfsiz?
Volvit tarkibiga kiruvchi Biotin suvda eruvchan vitamin hisoblanadi, shuning uchun ham ko‘p miqdorda qabul qilish dozani oshirib yuborishga olib kelmaydi. Lekin, preparatning xavfsizligiga qaramay, uni qabul qilishdan avval berilgan qo‘llanma bilan tanishib chiqing va preparat Sizga qanchalik mos kelishini mutaxassis bilan maslahatlashing.
Menga ma’lumki, Biotin dozalari bilan davolanish tirnoqlarni 25% qalinlashtira oladi. Mening tirnoqlarim tabiatan yupqa bo‘lsa ham qalinlashadimi?
Aslida bir kurs biotin muolaja dozasi muammosi bor tirnoqlarni mahkamlashtirib uni qayta tiklaydi. Lekin hech qanday usul tabiatan tirnoqlari yupqa bo‘lgan odamning tirnoqlarini qalinlashtira olmaydi, chunki matritsa genetik jihatdan joylashgan. Agar eng boshidan insonning tirnoqlari qalin bo‘lgan bo‘lsa va vaqt o‘tishi bilan yupqalashib ketgan bo‘lsa, avvalo tirnoqni mo‘rtlashib ketganligi sababini topish kerak. Har qanday holatda mutaxassis bilan maslahatlashishni tavsiya qilamiz.
Men Volvit preparatini icha boshladim. Mening tirnoqlarim qanchalik tez qalinlashadi?
Tirnoqlar sochlarga nisbatan sekinroq o‘sadi. O‘rtacha qo‘l tirnoqlar haftasiga 1-2 mm, oyoq tirnoqlari esa 0,25-1 mm o‘sadi. Tirnoq plastinkasi butunlay yangilanishi uchun taxminan yarim yil kerak bo‘ladi. Gormonal o‘zgarishlar (o‘smirlik davri, hayz qo‘rish boshlanishigacha bo‘lgan davr, homiladorlik davri, bahor fasli) shuningdek tirnoqlarga nisbatan xatti harakatlar (mashinkada kesish, tirnoqlarni tishlash odati, qo‘l massaji va boshqalar) tirnoq o‘sish tezligiga ta’sir qilishi mumkin. Haddan oshiq jiddiy parhez qilish (yog‘, oqsillar, vitaminlar miqdori kam mahsulotlar) shuningdek qon aylanishi va moddalar almashinuvi buzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan kasalliklar tirnoq o‘sishini sekinlashtiradi. Tirnoq o‘sish tezligi va tirnoq plastinkasini yangilanishi bilan bog‘liq savollar individual hisoblanadi.
Mening tirnoqlarimda zamburug‘ bor, shifokor “onixomikoz” tashхisini qo‘ydi va zamburug‘ga qarshi preparatlarni tavsiya qildi. Men Volvit preparatini qo‘shimcha ravishda qabul qilishim kerakmi?
Biotin muolajasi dozasi va zamburug‘ga qarshi preparatlarni birga qo‘llashda tirnoq plastinkasini qayta tiklanishi jarayonini tezlashtirishini tasdiqlоvchi ma’lumotlar mavjud, lekin Volvit preparatini onixomikozni davolash sxemasiga qo‘shishga bo‘lgan savolingizni davolovchi shifokoringiz bilan maslahatlashganingizni tavsiya qilamiz.
Volvit preparatini qanday to‘g‘ri qabul qilinadi, ovqatdan oldinmi yoki keyin?
Volvit ovqatdan oldin suv bilan qabul qilinadi.
Volvit preparatinini polivitamin preparatlari bilan almashtirsa bo‘ladimi?
Dorixonalarda tarkibida biotini bor vitamin va mineral komleksli ko‘p preparatlar mavjud, lekin undagi o‘rtacha biotin qoidaga ko‘ra 30 mkg dan oshmaydi, bu katta odamlarning bir kunlik talabidan kam va 3 barobar odatiy davolanish dozasidan pastdir.
Biotin nima?
Biotin (vitamin H, vitamin B7) suvda eruvchi B guruhiga kiruvchi vitamin hisoblanadi. Biotin inson organizmida uglevod, yog‘ va oqsillar almashinuvida, asosiy energiya almashinuvida, to‘qimalarni rivojlanishi va o‘sishida hayotiy muhimligida asosiy r‘l o‘ynaydi. Biotin inson organizmiga oziq ovqat orqali kiradi, va yana ichak mikrоflorasida sintezlanadi.
Nima uchun biotingga kundalik talab 0,05-0,10 mg bo‘lsa, Volvit preparatida biotin miqdori 5 mg?
Vitaminlar va vitaminga o‘xshash moddalar profilaktik, davolovchi profilaktik va terapevtik dozalarda qo‘llanilishi mumkin. Volvit biotinning terapevtik dozasini o‘z ichiga oladi. Tibbiyot amaliyotida vitaminlar va vitaminga o‘xshash moddalarning yuqori dozalari keng qo‘llaniladi (turli kasalliklarni, masalan, polinevrit, metabolik kasalliklar, miokard distrofiyasi va boshqalarni davolash uchun). Shu bilan birga, suvda eriydigan vitaminlarning ortig‘i odatda tanadan tezda chiqib ketadi. Tavsiyaning bunday usuli nafaqat tanadagi vitamin etishmasligini bartaraf etish, balki ularning faol qo‘llanilishi nuqtalari bilan bog‘liq fiziologik ta’sirlarni (metabolik shuntlar) rag‘batlantirish imkonini beradi.
Nima uchun Volvit teri, soch va tirnoqlarning tuzilishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi?
Volvit preparatining bir qismi bo‘lgan biotin oltingugurt manbai bo‘lib, tirnoq, soch va terining asosiy tarkibiy qismi bo‘lgan oqsil - kollagen sintezida ishtirok etadi va ularning tuzilishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Preparat soch to‘kilishini to‘xtatadi, ularning o‘sishini normallashtiradi va teridagi yog‘ almashinuvining "tekislanishi" tashqi ko‘rinishning yaxshilanishiga olib keladi va quruq teri turlarida yog‘li sochlar yoki po‘st tashlash sabablarini yo‘q qiladi.

попередження

Інформація в даному розділі представлена ​​тільки для медичних працівників або для фахівців охорони здоров'я.

Підтвердіть будь ласка, що ви відноситесь до медичних працівників або до фахівців охорони здоров'я