SOCHNI QANDAY TO‘G‘RI PARVARISH QILISH LOZIM?

SOCHNI QANDAY TO‘G‘RI PARVARISH QILISH LOZIM?
Haddan tashqari sovuq yoki issiq havo, haroratning keskin o‘zgarishi, qalpoqlar, yana albatta, sochlarni qurituvchi fen, jingalaklovchi jihoz ortiqcha foydalanish, quyosh nurlari va hokazolar sochlarimizning holatiga salbiy ta’sir o‘tkazib, ularni quruq, mo‘rt va sinuvchan qilib qo‘yadi, sochlar tezda yog‘lanadi, yuqori darajada elektrlanadi va hatto to‘kilishga moyil bo‘ladi.

Ko‘pincha, biz bahor va kuzda sochlar holatining yomonlashishini qayd etamiz, keyin esa har qachongidan ham ko‘proq ularga alohida parvarish kerak deb hisoblaymiz.
Bizning sochimiz va bosh terimiz nimaga muhtoj?

BOSHNI YUVISH

Odatda, boshni yuvish davri yilning vaqtiga bog‘liq emas, balki boshning kirlanish tezligiga bog‘liq, Shuning uchun bu bor yo‘g‘i gigiyena bilan bog‘liq oddiy ehtiyoj xolos. Kimdir har kuni, kimdir bir necha kunda bir marotaba boshini yuvadi. Shampunni tanlash muammo emas, chunki har xil turdagi sochlar uchun har kuni yoki har zamon foydalanish uchun turli xil mikroelementlar va boshqalar qo‘shilgan har xil turdagi shampunlar mavjud.

Qishda, sochlarni yuvish uchun zararli kimyoviy moddalarsiz – glitserin, parabenlar – mahsulotlardan foydalanish yaxshiroqdir buning o‘rniga iloji boricha ko‘proq tabiiy ingrediyentlar bo‘lishi kerak, eng yaxshi turli shifobaxsh o‘tlar hisoblanadi.

Qishda sochlaringizni yuvayotganda, suvning haroratiga e’tibor bering: u juda issiq bo‘lmasligi kerak, aks holda siz bosh terisini qayta-qayta quritishdan qochib qutula olmaysiz. Eng yaxshisi, sochingizni yuvadigan suv xona haroratida yoki undan sal iliqroq bo‘lganidir.

SOCHNI BO‘YASH

Sochni tez-tez bo‘yashdan saqlanish afzal hisoblanadi. Lekin, sochlar o‘sadi va uning bo‘yalmagan tag qismi ko‘rina boshlaydi, u holda nima qilish kerak? Soch bo‘yog‘ini tanlayotganda, kosmetika tarkibiga e’tibor berishni unutmang. Hech bo‘lmaganda uning tarkibida chakamug‘ yog‘i, uzum danagi yog‘i, jojoba yog‘i, kabi efir moyi, uzum yadrosi yog‘i yoki jojoba yog‘i, zig‘ir urug‘i yog‘i kabi efir moylari bo‘lishi kerak. Bo‘yoqda deyarli har bir kimyoviy bo‘yoqda mavjud bo‘ladigan ammiak kabi sochlar uchun zararli moddalar imkon qadar kam bo‘lishi kerak.

DAM OLISH

Sochni issiq termal vositalar – fen, dazmol, jingalaklovchi dazmol bilan ishlov berish ko‘pchilik uchun odatiy holga aylandi. Ammo, yilning sovuq paytlarida bu kabi muolajalardan saqlanish yaxshiroq. Albatta, hayotda ba’zan tig‘iz paytlarda sochlarni issiq va quruq havo purkovchi fensiz tabiiy usulda quritishga har doim ham vaqt topilmaydi, lekin hech yo‘q haftada kamida bir marta sochlaringiz bu kabi mahsulotlardan dam olishga loyiqdir.

NAMLASH

Sochlar uchun eng katta muammolardan biri suvsizlanishdir. Xonada isitgich yoqilgan, ko‘chada izg‘irin sovuq, buning barchasi esa quruq havodir. Ushbu muammoni hal qilish uchun turli xil xona namlatgichlari yordam beradi. Ammo, tashqi namlatgichlari qo‘shimcha ravishda, sochlaringiz ichkaridan namlanishi uchun yetarli miqdorda suv ichishingiz kerak.

OZIQLANTIRISH

Haftada bir necha marta sochlaringiz uchun intensiv ravishda qayta tiklovchi va oziqlantiruvchi niqoblar qiling. Bunday niqoblar sochlarni qayta tiklash xususiyatiga ega. Sochingiz uchun qanday maskalar kerakligini siz mutaxassis bilan, masalan, shaxsiy sartarosh yordamida aniqlashingiz mumkin. Sochingiz uchun niqobni o‘zingiz tanlashga harakat qilishingiz mumkin. Va bizning zamonamizda internet mavjudligi tufayli bunday ma’lumotlarni topish har qachongidan ham osonroq. Niqoblardan tashqari, serum(sivarotka)lar bilan ham sochni oziqlantirish mumkin. Ular sochlarning ko‘rinishini deyarli bir zumda yaxshilaydi.

SOVUQDAN HIMOYALASH

Hech narsa sochingizni bosh kiyim kabi isitmaydi. Bu, ayniqsa, havo haroratining noldan past bo‘lganida juda muhimdir. Aytishimiz mumkinki, go‘zallik qurbonlikni talab qiladi va bu holda qurbonlik bu “sochni buzadigan” qalpoq / sharf /ro‘mol kiyishdir, lekin bular sochlarning salomatligi va go‘zalligini saqlaydi. Bugungi kunga kelib, turli xil tanlovlar uchun modali qalpoqlarining juda katta assortimenti mavjudki, har qanday “qurbonlar” haqida gapirish qiyin. Bosh kiyimni tanlayotganda, esda tutingki, u boshga juda zich tushmasligi va boshning orqa qismini va chakkalarni siqmasligi kerak.

BOSH TERI MASSAJI

Bosh terisining mikro-massaji tufayli qon aylanishi yaxshilanadi, soch follikulalari kerakli energiya bilan oziqlanadi va soch tolalari, o‘z navbatida, ancha kuchliroq bo‘ladi. Mikro-massaj qilish juda oddiy: keramik tishli taroq yoki tabiiy tishli cho‘tka yordamida sochlaringizni iloji boricha tez-tez tarashingiz kerak.

PARVARISH

Zamonaviy kosmetika vositalarining keng assortimenti qish mavsumida sizning sochingizni parvarish qilish uchun bir qator mahsulotlarni tanlashingizga yordam beradi. Ushbu ro‘yxat shampundan boshlanib, konditsionerlar, balzamlar, spreylar, efir moylari bilan yakunlanishi mumkin. Sochlarning uchlariga ham katta e’tibor berilishi kerak. Ko‘pincha, sochlarning ildizlaridan foydali moddalar odatda, ularning uchiga yetib bormaydi, ayniqsa sochlar uzun bo‘lsa. Vaqti-vaqti bilan, haftada bir necha marta, sochlaringiz uchlariga maxsus oziqlantiruvchi yoki namlovchi mahsulotlarni qo‘llang.

SALOMATLIK

Soch va bosh terisi holatining o‘zgarishiga tashqi omillar, mavsum va havo harorati bilan bir qatorda ichki omillar ham ta’sir qiladi. Ko‘pincha, surunkali, o‘tkir va gormonal kasalliklarning kuchaytiradigan qish fasli hisoblanadi. Shuning uchun siz tanangizning umumiy jismoniy holatiga e’tibor berishingiz kerak. Aks holda, siz sochlaringizni qanday parvarish qilishingiz va uni tashqi tomondan oziqlantirishingizdan qat’i nazar, tananing funksional ishida muammolar mavjud bo‘lsa, siz sochlarga bo‘lgan harakatlaringizdan sezilarli ta’sir ko‘rmaysiz. Soch, tirnoq va yuz terisining tashqi ko‘rinishiga quyidagi kasalliklar eng katta ta’sir ko‘rsatadi: reproduktiv tizimning buzilishi, qalqonsimon bez, endokrin tizimning buzilishi, tanadagi gormonlar muvozanatining yo‘qligi, ularning boshqa organlar va tizimlar ustidan nazoratining buzilishi va boshqalar. Sog‘lom tana – sog‘lom soch ekanligini unutmang.

VITAMINLAR

Kuz va bahorda sochlar uchun vitaminlar uchun eng muhim davr hisoblanadi, chunki yozda biz yangi meva va sabzavotlardan bahramand bo‘lsak va tanamiz foydali moddalar bilan oziqlansa, bahor va kuzda vitaminlarga bo‘lgan ehtiyoj ortadi. Sochlaringizning go‘zalligi uchun asosiy vitamin biotindir. Bu vitamin B (yoki H) vitaminlar guruhiga kiradi va u soch o‘sishiga, uning tuzilishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi va mavsumiy soch to‘kilishini oldini oladi. Volvit tarkibidagi vitamin biotin soch matritsasi tuzilishi uchun zarur bo‘lgan keratinni yaratish jarayonida ishtirok etadi.

Volvit turli xil soch kasalliklarini oldini olish va davolash uchun qo‘llaniladi. Preparatni qo‘llashdan oldin siz Volvit dori-vositasining ko‘rsatmasini diqqat bilan o‘rganishingiz kerak.