TIRNOQ PATOLOGIYALARI
Ta’rif
Tirnoq patologiyalari – bu qo‘l yoki oyoq barmoqlari tirnoq plastinkalarining rangi, shakli, tuzilishi yoki qalinligi bilan bog‘liq muammolardir.
Xuddi teri kabi, qo‘l barmoqlaridagi tirnoqlari ham sog‘ligingiz haqida “aytib beradi”.
- Bo chiziqlari – tirnoq plastinkasidagi chuqurliklar. Ular noto‘g‘ri ovqatlanish tufayli kelib chiqqan kasallik va tirnoqning shikastlanishi tufayli paydo bo‘lishi mumkin.
- Tirnoqlarning mo‘rtlashishi ko‘pincha qarilik natijasidir. Shunga qaramay, ular ma’lum kasalliklar va vaziyatlar tufayli ham sinishi mumkin.
- Koilonixiya – qo‘l barmoqlaridagi tirnoq plastinkasining tartibsiz shakli. Tirnoqda do‘ngchalar paydo bo‘ladi va tirnoq yupqalashib ichkariga botib qoladi.
- Leykonixiya – tirnoqlarda oq chiziqlar yoki dog‘lar paydo bo‘lishi.
- Pitting – tirnoq yuzasida joylashgan kichik chuqurliklar. Ba’zida tirnoq qimirlashi va tushishi mumkin.
- Tirnoq plastinkasidagi tepalaliklar – bu tirnoq plastinkasidan yuqoriga va pastga o‘tadigan kichik, baland chiziqlardir.
Sabablar
SHIKASTLANISHLAR
- Tirnoq yoki tirnoq to‘shagini zararlash uning shaklining doimiy ravishda o‘zgarishiga olib kelishi mumkin;
- Tirnoq yaqinidagi terini doimiy ravishda qirqish yoki ularning ishqalanishi tirnoqning shilinishiga olib kelishi mumkin;
- Tirnoqlarning namlikdan yoki lakdan uzoq vaqt ta’sirlanishi ularning shilinishiga va mo‘rtlashishiga olib kelishi mumkin.
INFEKSIYA
- Zamburug‘lar yoki achitqilar tirnoq plastinkasining rangi, tuzilishi va shakli o‘zgarishiga olib keladi;
- Bakterial infeksiya tirnoq rangini o‘zgartirishi yoki tirnoq plastinkasi ostidagi infeksiyalangan hududda yoki tirnoq atrofidagi terida kasallik keltirib chiqarishi mumkin. Jiddiy infeksiyalar tirnoqning yo‘qolishiga ham olib kelishi mumkin.
- Oddiy so‘gal tirnoq shaklini o‘zgartirishi yoki tirnoqning teriga o‘sishiga olib kelishi mumkin.
- Ba’zi infeksiyalar (ayniqsa, yurak klapani) tufayli tirnoq to‘shagida qizil chiziqlar (tirnoqda nuqtasimon qon ketishlar) paydo bo‘lishi mumkin.
KASALLIKLAR
- Qondagi kislorod miqdoriga ta’sir qiluvchi buzilishlar (masalan, yurak va o‘pka kasalliklarining anormal anatomiyasi, jumladan saraton yoki infeksiyalar) tirnoqlarning qalinlashuvga olib kelishi mumkin.
- Buyrak kasalligi qonda azot chiqindilarining to‘planishiga olib keladi, bu esa tirnoqlarga zarar yetkazishi mumkin.
- Jigar kasalligi tirnoqlarni qattiq zararlashi mumkin.
- Gipertireoidizm yoki gipotireoidizm kabi qalqonsimon bez kasalliklari tirnoqlarning mo‘rtlashishiga yoki tirnoq to‘shagining tirnoq plastinkasidan ajralishiga olib kelishi mumkin (onikoliz).
- Og‘ir kasalliklar yoki operatsiyalar tirnoq plastinkasida gorizontal chuqurlik hosil bo‘lishiga olib kelishi mumkin (Bo chiziqlari)
- Psoriaz chuqurchalar paydo bo‘lishiga, tirnoq plastinkasining tirnoq to‘shagidan ajralib chiqishiga va tirnoq plastinkasining surunkali buzilishiga (tirnoq distrofiyasi) olib kelishi mumkin.
- Tirnoqlarning ko‘rinishiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan boshqa holatlar – tizimli amiloidoz, noto‘g‘ri ovqatlanish, vitamin yetishmasligi va qizil temiratlkilardir.
QACHON SHIFOKORGA MUROJAAT QILISH LOZIM
Agar sizda quyidagilar mavjud bo‘lsa, davolovchi shifokoringizga murojaat qiling:
- ko‘kargan tirnoqlar;
- zarba yegan tirnoq;
- qiyshiq tirnoqlar;
- gorizontal do‘ngchalar ;
- rangini yo‘qotgan trinoqlar(rangpar);
- tirnoqlardagi oq chiziqlar;
- tirnoq ostidagi oq dog‘lar;
- tirnoqdagi nuqtasimon qon ketishlar — tezlik bilan shifokorga murojaat qiling.