В7 VITAMINI SOCHLAR UCHUN
Soch o‘sishi uchun vitaminlar – bu inson organizmidagi metabolik jarayonlarni rag‘batlantiradigan moddalardir. Katalitik funksiyasi tufayli soch follikulalari qon bilan yaxshi ta’minlanadi va sochning faol ravishda o‘sishini rag‘batlantiradigan zarur oziqlanishni qabul qiladi.
Hayotiy metabolik jarayonlarni normallashtirish uchun inson tanasi yetarli miqdorda B7 vitamini (biotin) talab qiladi.
Biotin – suvda eriydigan vitamin bo‘lib, B guruhiga kiradi. Inson tanasidagi kimyoviy reaksiyalar tezligini tartibga soluvchi fermentlarning bir qismi sifatida B7 vitamini bir qator muhim biologik funksiyalarni bajaradi:
- oqsillar va yog‘lar muvozanatini normallashtiradi;
- uglevod almashinuvida ishtirok etadi;
- kollagen sintezini tezlashtiradi;
- kislorod almashinuvi va СО2 o‘tkazish reaksiyalarida ishtirok etadi.
Bu funksiyalar soch, teri, tirnoqlar, yog‘ bezlari, oshqozon-ichak trakti va inson asab tizimining sog‘lig‘ini saqlashga yordam beradi.
B7 VITAMINI TANQISLIGI – SOCHNING TO‘KILISHI VA BOSHQA MUAMMOLAR
Kattalar uchun biotinning kunlik ehtiyoji mos ravishda kamida 50 mkg va bola uchun 10-50 mkg ni tashkil qiladi. Qoida tariqasida, vitamin B7 yetishmovchiligi ichakning faol ishi orqali to‘ldiriladi, u yerda probiotik bakteriyalar ishtirokida sintezlanadi. Ammo muammo shundaki, tashqi va ichki omillarning salbiy ta’siri ishlab chiqarilgan biotin miqdorini keskin kamaytiradi va inson organizmidagi metabolik jarayonlar sekinlashadi.
BIOTIN TANQISLIGINI QUYIDAGI OMILLAR KЕLTIRIB CHIQARISHI MUMKIN:
- ichak faoliyatini yomonlashtiruvchi sulfanilamid preparatlari va antibiotiklarni qabul qilish;
- noto‘g‘ri parhez qilish;
- ovqat hazm qilishning buzilishi;
- antiepileptik preparatlarni qabul qilish;
- tarkibiga konservantlar kiruvchi oziq-ovqatlarni haddan ortiq iste’mol qilish;
- alkogol iste’mol qilish.
UMUMIY KAYFIYATNING YOMONLASHUVI VA SOG‘LIQ BILAN BOG‘LIQ QATOR MUAMMOLARNI KЕLTIRIB CHIQARUVI B7 VITAMINING O‘TKIR TANQISLIGI SHU OMILLAR TA’SIRINING NATIJASI BO‘LISHI MUMKIN:
- soch to‘kilishi;
- soch o‘sishining sekinlashishi va ularning holatining yomonlashishi;
- sochlarning erta oqarib ketishi va terining qarishi;
- teri qatlamlarining qurishi;
- tirnoqlarning mo‘rtligi;
- ko‘ngil aynishi;
- sog‘lom ishtahaning yo‘qolishi;
- tez charchash;
B7 vitamini yetishmovchiligini to‘ldirish uchun biotinli maxsus vitaminlar yordam beradi.
BIOTIN QAYSI VITAMINLARDA MAVJUD?
Zamonaviy farmakologiya sanoati zarur hayotiy organik moddalarning yetishmasligi bilan kurashishga imkon beruvchi keng turdagi vitamin komplekslarini ishlab chiqaradi. Asosiysi, uning tarkibiga e’tibor berib, to‘g‘ri dori-vositasini tanlashdir.
Soch to‘kilishi, terining va tirnoqlar holatining yomonlashuvi va boshqa muammolar paytida B7 vitaminining zarur kundalik yoki terapevtik dozasini o‘z ichiga olgan preparatlar tanlanadi. Terapevtik dozani o‘z ichiga olgan preparatlarga Volvit kiradi, uning 1 tabletkasida 5 mg biotin mavjud.
Aslida, Volvit – bu eng sof shaklda “go‘zallik vitamini” (biotin) dir. Inson tanasiga kirib, B7 vitamini yetishmovchiligini yo‘q qiladi, terapevtik doza esa soch, teri va tirnoqlarning holati uchun javobgar bo‘lgan metabolik jarayonlarni normallashtirishga yordam beradi.
Shunday qilib, Volvit sochlar uchun nafaqat biotinli vitamin, balki soch to‘kilishiga yordam beruvchi va teri qatlamlari va umuman tanadagi yog‘larning metabolizmiga yordam beradigan vositadir.